Inglizcha harflar va ularning o‘qilishi
Ingliz tilida harflar qanday yozilsa, har doim shunday o‘qilmaydi. Har bir harf turlicha talaffuz qilinishi mumkin. Bu jihat ingliz tilini boshqa tillardan farq qiladi. Masalan, bizning tilda "a" harfi doimo [a] deb o‘qilsa, ingliz tilida "a" harfi [ei], [æ], [a], [əʊ] kabi turlicha talaffuz qilinadi. Quyida muhim fonetik qoidalarni ko‘rib chiqamiz.
1. A + LL = [o’]
“a” harfi “ll” dan oldin kelsa, u ko‘pincha [o] deb o‘qiladi.
- ball → [bo:l]
- call → [ko:l]
- small → [smo:l]
- all → [o:l]
2. Oxiridagi E o‘qilmaydi
So‘z oxiridagi “e” harfi odatda talaffuz qilinmaydi, ammo undagi unli cho‘ziladi.
- make → [meyk]
- cake → [keyk]
- snake → [sneyk]
- apple → [eppl]
3. EE = [i:]
Yonma-yon kelgan ikki “e” harfi [i:] deb talaffuz qilinadi.
- bee → [bi:]
- sheep → [shi:p]
- see → [si:]
4. OO = [u] yoki [o’]
“oo” harfi [u] yoki [o’] deb o‘qilishi mumkin — kontekstdan kelib chiqib.
- book → [buk]
- cook → [kuk]
- good → [gud]
- door → [do:]
- floor → [flo:]
5. C = [s] yoki [k]
“c” harfi keyingi harfga qarab [s] yoki [k] bo‘lib o‘qiladi:
[s] – agar “c” dan keyin e, i, y kelsa:
- cinema → [sinema]
- city → [siti]
[k] – agar “c” dan keyin a, o, u yoki undosh kelsa:
- cat → [ket]
- cup → [kap]
- coffee → [koffi]
6. QU = [kv]
“q” dan keyin “u” kelsa, ular birga [kv] tovushini beradi:
- queen → [kvi:n]
- quit → [kvit]
- question → [kvestshn]