Possessive Pronouns — (Egalik olmoshlari)
Egalik olmoshlari egalikni bildiradi, ya’ni biror narsa kimga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Ular ikki xil bo‘ladi:
1. Possessive Adjectives (Egalik olmoshlari sifatlari)
Egalik olmosh-sifatlari – otdan oldin keladi va ot bilan birga ishlatilib, whose? — kimning? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
- my – mening: This is my book. – Bu mening kitobim.
- your – sening/sizning: Is this your phone? – Bu sening telefoningmi?. / Bu sizning telefoningizmi?
- his – uning (erkak): His car is red. – Uning moshinasi qizil.
- her – uning (ayol): Her school is far. – Uning maktabi uzoq.
- its – uning (narsa, hayvon): The dog lost its ball. – Kuchuk (uning) koptogini yo‘qotdi.
- our – bizning: This is our house. – Bu bizning uyimiz.
- their – ularning: Their children are smart. – Ularning bolalari aqlliy.
📌Bu turdagi olmoshlar doimo biror ot oldidan keladi va o‘sha otga egalikni bildiradi. Shuningdek, agar otdan oldin sifat yoki boshqa aniqlovchi so‘zlar bo‘lsa, egalik olmoshi ularning oldiga joylashadi:
- Where is my red pencil? – Mening qizil ruchkam qani?
📌Bundan tashqari, all yoki both kabi so‘zlar bilan birga kelganda, egalik olmoshi ularning ortidan yoziladi:
- All my books are here. – Mening barcha kitoblarim shu yerda.
- Both his sisters are teachers. – Uning har ikkala opasi o‘qituvchi.
2. Possessive Pronouns (as Nouns) — (Egalik olmoshlari otlari)
Possessive pronouns o‘zidan keyin ot (noun) talab qilmaydi — o‘zi egani bildiradi, ot hech qachon ishlatilmaydi:
- mine – meniki: This book is mine. – Bu kitob meniki.
- yours – seniki/sizniki: That pen is yours. – Ruchka seniki / Ruchka sizniki.
- his – uniki (erkak): The jacket is his. – Kurtka uniki.
- hers – uniki (ayol): That bag is hers. – Sumka uniki.
- its – uniki (narsa, hayvon): There is a bird in our house. The nest is its. – Uyimizda qush yashaydi. Bu uya uniki.
- ours – bizniki: This laptop is ours. – Noutbuk bizniki.
- theirs – ularniki: The house is theirs. – Uy ularniki.
3. Taqqoslash jadvali
| Shakl | Possessive Adjective | Possessive Pronoun |
|---|---|---|
| I - men | my - mening | mine - meniki |
| You - sen/siz | your - sening/sizning | yours - seniki/sizniki |
| He - u | his - uning | his - uniki |
| She - u | her - uning | hers - uniki |
| It - u | its - uning | its - uniki |
| We - biz | our - bizning | ours - bizniki |
| They - ular | their - ularning | theirs - ularniki |